收藏 分销(赏)

现代乌兹别克书面语-乌.doc

上传人:xrp****65 文档编号:7656554 上传时间:2025-01-11 格式:DOC 页数:391 大小:2.72MB 下载积分:10 金币
下载 相关 举报
现代乌兹别克书面语-乌.doc_第1页
第1页 / 共391页
现代乌兹别克书面语-乌.doc_第2页
第2页 / 共391页


点击查看更多>>
资源描述
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ Р.САЙФУЛЛАЕВА, Б.МЕНГЛИЕВ, Г.БОҚИЕВА, М.ҚУРБОНОВА, З.ЮНУСОВА, М.АБУЗАЛОВА ҲОЗИРГИ ЎЗБЕК АДАБИЙ ТИЛИ Тошкент – 2009 Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Боқиева Г.Ҳ., Қурбонова М.М., Юнусова З.Қ., Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2006. – 391 б. Ўқув қўлланма – 5А220100 – Филология (ўзбек филологияси) бакалаври йўналишида таҳсил олаётган талабалар учун тайёрланган. Қўлланма узлуксиз таълим тизимида 1999 йилнинг 16 августида тасдиқланиб, умумий ўрта таълимда жорий этилган «Она тили» (қар.: Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. «Таълим тараққиёти». 1999. 1-махсус сон), 2000 йилнинг 10 августида маъқулланиб, академик лицейларнинг ижтимоий-гуманитар ва филология йўналишида 2000-2001 ўқув йилида татбиқ қилинган «Ҳозирги ўзбек тили» ўқув дастурининг (тузувчилар А.Нурмонов, Н.Маҳмудов, А.Собиров, Н.Қосимова) бевосита давоми бўлган Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Олий ўқув юртлариаро илмий-услубий бирлашмалар фаолиятини Мувофиқлаштирувчи кенгаш Президиумида муҳокама этилган ва тасдиқланган (2002 йил 15 июнь, 27-баённома) 5А220100 Филология (ўзбек филологияси) бакалаври йўналиши учун намунавий ўқув дастури (тузувчилар Ҳ.Неъматов, Н.Маҳмудов, А.Нурмонов, Р.Сайфуллаева. М.Қурбонова, Т., ЎзМУ, 2003) асосида ёзилган. Қўлланма 1993-2006 йиллар чоп этилиб, синовдан ўтказилган бир неча ўқув қўлланмалари асосида яратилди. Тажриба-синов давомида академик А.Ҳожиев, профессорлар А.Нурмонов, Н.Маҳмудовлар томонидан билдирилган тегишли таклиф-мулоҳазалар ушбу нашрда инобатга олинди. Ўқув қўлланмани яратишда ўзбек тилини субстанциал тадқиқ қилиш натижасида эришилган ютуқларга таянилган. Масъул муҳаррир: филология фанлари доктори, профессор Ҳ.Ғ.Неъматов Тақризчилар: филология фанлари доктори, профессор Р.Расулов филология фанлари номзоди, доцент В.Каримжонова Бу дарслик ЎзР ОMuharrirdan Qo'llanma oliy o'quv yurtlari uchun O`zR Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi "Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida"gi 343-Qarori asosida O`zR Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan 2002-yilning 18-iyunida tasdiqlanib, BM-343-52201-131 raqami bilan qayd etilgan, O`zMU, SamDU, BuxDU, QarDUda sinovdan o`tgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» namunaviy dasturi (tuzuvchilar H.Ne'matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, M.Qurbonova.) asosida yozilgan, unda hozirgi o‘zbek tilining asosiy sathlari tizimlarining lisoniy holati talqini va nutqiy voqelanishi yoritildi. Avvalo shuni ta`kidlash joizki, o`quv fanining nomi («Hozirgi o‘zbek adabiy tili») XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan o`zbek formal tilshunosligi ta`siri ostida shakllangan va an`ana sifatida o`quv rejasidan o`quv rejasiga ko`chib kelmoqda. Shuning uchun bu muqaddimada fanimizda mavjud bo`lgan ikki ilmiy yo`nalish – formal tahlil va substansial tahlil haqida qisqa ma`lumot berish zarur. Tilshunoslikda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida formal yo`nalish ijtimoiy ehtiyoj natijasida shakllangan va o`z oldiga, asosan: - ommaviy savodxonlikni ta`minlash; - zamonaviy adabiy til me`yorlarini ishlab chiqish; - adabiy til me`yorlarini ommalashtirish kabi o`z davri uchun o`ta zarur masalalar yechimini maqsad qilib qo`ygan, tilshunoslik nazariyasi ham, ona tili ta`limi ham mana shunga xizmat qilar edi. Jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta`minlash, shevalararo farqlarni yo`qotish, adabiy tilni ommalashtirish, til va xalqning tarixiy yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, ta`limni zamonaviy usullarda yo`lga qo`yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda eng samarali va eng qulay lingvistik tavsif va ta`lim yo`li mana shu formal usuldir. Shuning uchun jahonning barcha ilg`or davlatlari tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo`nalish keng ommalashdi. O`zbek tilshunosligida ham bunday yo`nalishning tamal toshlarini Abdurauf Fitrat, Elbek, Qayum Ramazon kabilar qo`ygan bo`lsalar-da, uning keng va izchil ommalashishi professor Ayyub G`ulomov nomi va faoliayati bilan bog`liq. XX asrning boshi va o`rtalarida o`zbek madaniyati va fani uchun juda zarur bo`lgan formal tilshunoslik ta`siri ostida oliygohlarning filologik yo`nalishlarida asosiy maqsad o`zbek adabiy tili me`yorlarini ommalshtirish bo`lganligi sababli o`quv fani ham shunday nomlangan. Davr, maqsad va vazifalar tamoman o`zgargan, tilshunoslik zamon talabi bilan uzviy bog`liqlikda boshqa tahlil usullariga o`tib ketgan bo`lsa ham, o`quv fanining nomlanishi saqlanib qolmoqda. Qo`llanma o`zbek formal tilshunosligi yutuqlariga tayanib, funksional-struktural (Praga strukturalizmi) tahlil usullarini ongli, izchil, dialektik tamoyillar bilan to`ldirib, tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiriruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakll va ko`rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanish ko`rinishi o`ziga xos maqsad va vazifaga ega bo`lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida yondashadigan o`zbek substansial tilshunosligi talqinlarini o`z ichiga oladi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yosh avlodning mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko`nikmalariga ega bo`lishini talab qiladi. Bunday ko`nikma va malakalarni shakllantirishning asosiy vosirtalaridan biri esa tarbiyalanuvchilarga o`zbek tili imkoniyatlari xazinasini ochish, undan ijodiy va unumli foydalanish ko`nikmalarini shakllanrish. Bunday ehtiyoj hozirgi kunda o`zbek tilshunosligida shakllangan va tilimizning asosiy sathlari birliklarining nisbatan yaxlit tavsifini bergan ilmiy yo`nalishlardan substansial tahlil usullari bilan qondirilishi mumkin. Shuning uchun davr va oliy ta`lim DTSlari talablariga mos mazkur dastur asosida tuzilgan bu qo`llanmada asosiy e`tibor, adabiy til me`yorlarini ommalashtirishga emas, balki lisoniy imkoniyatlar xazinasini ochish va boyitish, bu xazinadan nutqning turli ko`rinishlarida ijodiy, unumli va samarali foydalanish malakalarini hosil qilishga qaratilgan. Substansial tahlil nuqtai nazaridan esa “Hozirgi o`zbek adabiy tili” tushunchasi va atamasi hozirgi o`zbek tili (hozirgi o`zbek tili lisoniy imkoniyatlari)ning muayyan bir voqelanish ko`rinishi, ya`ni tom ma`noda nutqiy ko`rinishlardan birining nomi. Shuning uchun o`quv qo`llanmasining sarlavhasi ham – uning tanlovda g`olib chiqqan ilk nashridagidek – “Hozirgi o`zbek tili” bo`lishi lozim edi. Lekin o`quv rejalarida fanining adabiy til deb nomlanishi – bunga monelik qildi. Kitobxon shuni yaxshi bilishi kerakki, adabiy til me`yorlarini ishlab chiqish, o`rganish va ommalashtirish formal tilshunoslik, til (jumladan, ona tili)ning ichki imkoniyatlarini va ularning voqelanish usullarini o`rganish va o`rgatish esa substansial tilshunoslik oldida turgan ijtimoiy biuyurtma – vazifa. Shu bilan substansial tilshunoslik, bir tomondan, formal tilshunoslikdan, ikkinchi tomondan, sof struktural-funksioanl tahlildan (Praga strukturalizmi) dan tubdan farq qiladi va fanda yangi bir ilmiy yo`nalish mavqeni kasb etadi. Qo‘llanma o‘quv-metodik maqsadlarni ko‘zlayotganligi va o‘zbek tilshunosligining ma'lum bir bosqichini (jumladan, formal-funksional, substansial yo`nalishdagi tadqiqotlarni) yakunlovchi ish bo‘lganligi sababli unda A.Abduazizov, M.Abuzalova, Sh.Akramov, T.Asadov, B.Badriddinova, E.Begmatov, Sh.Bobojonov, O.Bozorov, M.Boshmonov, I.Madrahimov, N.Mahmudov, B.Mengliyev, S.Muhammadjonova, N.Musulmonova, D.Nabiyeva, M.Narziyeva, S.Nazarova, G.Ne'matova, L.Ne'matova, A.Nurmonov, D.Nurmonova, Sh.Orifjonova, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev, R.Sayfullayeva, R.Safarova, H.Saidova, H.Usmonova, B.Yorov, L.Raupova, B.Qilichev, S.G`iyosov, Sh.Shahobiddinova, N.Shirinova, O.Shukurov, M.Qurbonova, Z.Yunusova, N.Yo`ldosheva, N.Vohidova, G.Toirova kabi tilshunoslarning ishlaridan ham unumli foydalanildi va ayrim o‘rinlarda qo‘llanmaning ma'lum bir band yoki bo‘limi shu sohani maxsus tadqiq qilgan dissertatsion va monografik tadqiqotlar asosida talqin qilindi. Ishlardan aynan olingan o`rinlargina qo‘llanmada manbalari ko‘rsatilgan holda berildi. Aynan olinmagan, lekin monografik tadqiqotlarda batafsil yoritilgan mavzular (chunonchi, o‘zbek tili fonemalarining oppozitiv siralari va turlari, fonetik hodisalar, so‘zlararo ma'noviy va shakliy munosabatlar) bayoni shu mavzu va yo`nalishda yaratilgan tadqiqotlar asosida yoritilgan bo‘lsa-da, bu monografik tadqiqotlar: - keng jamoatchilikka ma'lum bo‘lganligi (chunonchi: A.Abduazizovning «O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi”, M.Mirtojiyevning «O‘zbek tilida polisemiya» va b.); - o`quv fanining mazkur namunaviy dasturida, hamda ushbu qo`llanmaning so`ngida ilova qilinadigan ilmiy adabiyotlar va manbalar sirasida keltirilganligi; - bu “So`zboshi”da ta`kidlanayotganligi sabablariga ko`ra alohida ajratilmadi. O`zbek substansial tilshunosligi asoschilari A.Fitrat, A.G`ulomov, yetuk namoyandalari F.Abdullayev, G.Abdurahmonov, M.Asqarova, O.Azizov, A.Borovkov, A.Hojiyev, S.Ibrohimov, F.Kamolov, A.Kononov, M.Mirzayev, A.Muxtorov, I.Rasulov, V.V.Reshetov, A.Rustamov, U.Tursunov, X.Xoliyorov, R.Qo`ng`urovm, Sh.Shoabdirahmonov, S.Usmonov kabilar bo`lgan o`zbek formal tilshunosligining Bu yo`nalish namoyandalari va ularning fan taraqqiyotidagi xizmatlari Шукуров Ш.,Базарова Д. Узбекское советское языкознание. Отв.ред. Ш.Ш.Шаабдурахманов. – Т.: Фан, 1986. -232 с.; Узоқов Ҳ. Ўзбек тилшунослари. – Т. Ўқитувчи, 1972, - 268 б.; А.Нурмонов. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 2002. – 250 б. kitoblarida berilgan. bevosita davomi va unga tayanishi sababli reallik obyektivlik – lisoniy birliklarning nutqiy voqelanish ko`rinishlari va xususiyatlari tavsifida 1950-80-yillarda amalda bo`lgan darslik va qo`llanmalariga tayanildi. Shu sababdan bu qo‘llanmada 1950-54- yillarda O‘zFA TAI tomonidan turli mualliflar tomonidan e'lon qilingan «Hozirgi zamon o‘zbek tili kursidan materiallar» risolalar sirasidan boshlab, oxirgi nashri 1992- yilda amalga oshirilgan U.Tursunov, Sh.Rahmatullayev, A.Muxtorovlarning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligigacha berilgan tavsiflardan unumli foydalanildi. Shu bilan bog‘liq ravishda eslatib o‘tish joizki, qo‘llanmaning «Kirish» qismida o‘zbek halqi va tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, o‘rganish tarixi va bosqichlari kabi mavzular F.Abdullayev, G’.Abdurahmonov, A.Aliyev, A.Borovkov, E.Fozilov, S.Ibrohimov, F.Kamolov, A.Kononov, M.Mirzayev, A.Nurmonov, V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shcherbak, Sh.Shukurov, B.O‘rinboyev, A.G’ulomov, kabi tilshunoslarning, B.Ahmedov, A.Asqarov, A.Muhamadjonov, kabi tarixchi olimlarning, V.Abdullayev, E.Karimov, N.Karimov, N.Mallayev, A.Qayumov, B.Qosimov, B.Valixo‘jayev kabi adabiyotshunoslarning ishlariga asoslanilgan. Qo‘llanma bakalavriat bosqichidagi talabalar uchun mo‘ljallanganligi bois unda fanimizning hali yechimini topmagan munozarali nazariy masalalari alohida tahlil etilmadi. Qo‘llanmaning maqsadi o‘zbek tili subtansial (formal-funksional, substansial) tabiatining ma'lum bir qirralarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan asoslab berishdan iborat. Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida tilimiz qurilishini yoritishda lisoniy birliklarga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va ularning voqeylanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy birliklarga alohidalik (yakkalik), hodisa, voqeylik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo‘lindi. Bu UMIS va AHVO tushunchalari sun`iy, «o`ylab chiqilgan uydirma» Qiyos. Маҳмудов Н. Кесимнинг гапдаги мақоми // Ўзбек тили ва адабиёти, 2009, -№ 1. Б.53 emas, balki o`ta muhim ilmiy falsafiy va metodologik umumiylik, ta`lim oluvchini ashyoviy fikrlashdan uzib, unda relyativ tafakkur malakalarini hosil qildirishning muhim vositalaridan. Gnoseoligiya (bilish umumiy nazariyasi) dan ma`lumki, xususiylik umumiylikka (demak, hodisa – mohiyatga, imkoniyat – voqelikka, sabab – oqibatga) nisbat berilmaguncha, u ta`riflangan, tavsiflangan, o`rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun lisoniy imkoniyatlar tilshunosligi bo`lgan substansial tahlilda bular yuksak umumiylikka ega bo`lgan kategorial tushuncha sifatida juda muhim va ishning maxsus bo`limi ayni shu masala sharhiga bag`ishlanadi. Mualliflar ushbu kitob «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» namunaviy dasturi asosida yaratilgan ilk qo‘llanma bo‘lganligi bois u ko`p kamchiliklarga ega ekanligini to`la tan oladi va uni mukammallashtirishga ko‘maklashadigan barcha fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi, uni davom ettiruvchilarga xayrixoh ekanligini biliradi. So`zning yakunida qadimiy yunon va arablarda mashhur bo`lgan, akademik A.N.Kononov hamisha takrorlaydigan “Men qo`ilmdan kelganicha qildim, mukammalroq qilguvchiga yo`l keng, omad yor bo`lsin!”degan hikmatini keltirish lozim topildi. Hamid Ne`matov filologiya fanlari doktori, professor КИРИШ Қўлланманинг бу бўлими икки қисмдан иборат. Биринчисида ўзбек халқи ва тили тарихининг шу ўқув фанини ўзлаштириш билан боғлиқ бўлган айрим зарур тушунча ва атамалари изоҳланади. Бу тушунча ва улар билан алоқадор масалалар бакалавриат ўқув режасидаги "Ўзбекистон тарихи", "Ўзбек тили тарихи", "Ўзбек шевашунослиги", "Ўзбек тилшунослиги тарихи", "Ўзбек тили услубияти" ва бошқа ўқув фанларида муфассал ўрганилиши боис бу ерда улар шу - "Ҳозирги ўзбек тили" –ўқув фани эҳтиёжига зарур шакл ва мазмунда (асосан атамалар билан таништириш мақсадида) баён қилинади. Бўлимнинг иккинчи қисми "Тил-лисон-меъёр-нутқ муносабати" масалаcига бағишланади. Чунки ҳозирги кунда талабалар "Тилшуносликка кириш" ўқув фанидан бу масалага доир "Ҳозирги ўзбек тили" ўқув фанининг амалдаги намунавий дастури талаб қиладиган ҳажмда билим, малака ва кўникма ҳосил қилмайди. Шунинг учун ўз тавсифида лисон-нутқ дихотомиясига изчил амал қилишни мақсад қилиб қўйган ушбу қўлланма учун бундай кириш зарурий деб топилди. 1-ҚИСМ. ЎЗБЕК ХАЛҚИ ВА ТИЛИ ТАРИХИДАН Ўзбек халқининг шаклланиш ва номланиш тарихидан Ҳар қандай халқнинг шаклланиш ва номланиш тарихи жуда чигал масала, у кўпинча ҳар хил баҳсу мунозарага сабаб бўлади. Барча халқ тарихини ўрганишда бўлган бу мураккаблик ÿзбек халқи тарихига ҳам оид. Чунки ҳар бир халқ ўз шаклланиш тарихида бошқа турл
展开阅读全文

开通  VIP会员、SVIP会员  优惠大
下载10份以上建议开通VIP会员
下载20份以上建议开通SVIP会员


开通VIP      成为共赢上传

当前位置:首页 > 教育专区 > 其他

移动网页_全站_页脚广告1

关于我们      便捷服务       自信AI       AI导航        抽奖活动

©2010-2026 宁波自信网络信息技术有限公司  版权所有

客服电话:0574-28810668  投诉电话:18658249818

gongan.png浙公网安备33021202000488号   

icp.png浙ICP备2021020529号-1  |  浙B2-20240490  

关注我们 :微信公众号    抖音    微博    LOFTER 

客服